French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Vaksina qabul qilgandan so‘ng cho‘milmaslik kerakmi?
12:14 / 2021-04-19

SSV Matbuot xizmatining COVID-19 bo‘yicha savollariga Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Sevara Ubaydullayeva javob berdi.

– Ayrimlar vaksina qabul qilgandan so‘ng bir necha hafta cho‘milmaslik, badanni sovuq suvga urmaslik zarurligini aytmoqda. Bu qanchalik to‘g‘ri?

–Vaksina olgandan keyin vaksina qilingan joyga 3 kun muddatda suv tekkizmaslik tavsiya qilinadi.

Vaksina insonni yelka mushagining orasiga yuborilishi, yuborilgan joyga umumiy cho‘milgan vaqtda suv tegishi mumkin. Bahor faslida sovuq hamda issiq havo o‘zgarib turadi. Havoning bunday o‘zgarishi inson organizmiga ta’sir ko‘rsatadi, ayniqsa, cho‘milgan odamlar organizmida sovqotish kabi holatlar kuzatiladi.

Bu esa organizm uchun ortiqcha stress bo‘lib, immun tizimiga ta’sir qilib emlangandan so‘ng qo‘shimcha shamollashlar paydo bo‘lishini keltirib chiqarishi mumkin.

Xulosa qilganda, emlashdan keyin imkon qadar immun tizimiga ta’sir qiluvchi odatlardan saqlanish va salomatligingizni himoya qilganingiz maqsadga muvofiq. Bu o‘z o‘rnida, koronavirusga qarshi mustahkam immunitet hosil qilishga yordam beradi.

– Hozirda koronavirusga chalingan fuqaro uy sharoitida izolyatsiya holatida davolansa bo‘ladimi yoki maxsus shifoxonalarga murojaat etishi kerakmi?

–Hozirda ham shifokorlarsiz mustaqil ravishda PZR-test topshirgan, uning natijasi ijobiy chiqqan, koronavirus kasalligini simptomlarsiz, yengil va o‘rta og‘ir kechuvini o‘tkazayotgan bemorlar uy sharoitida izolyatsiya holatida davolanishlari mumkin. Bu kabi bemorlar, albatta, oilaviy poliklinikaga murojaat etishlari shart. Uy sharoitidagi ambulator davo-choralari oilaviy shifokor nazoratida o‘tkazilishi kerak. Bu davolash choralari mavjud standartlarga asoslangan xolda olib borilishi va kasallik og‘ir darajaga o‘tib ketishining oldini olish imkonini beradi.