Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Vakillarimiz xalqaro anjumanda qatnashdi
14:16 / 2022-04-28

Shveysariyaning Lozanna shahrida Xalqaro ot sporti federatsiyasi (FEI)ning 100 yilligiga bag‘ishlangan forum o‘tkazildi

Unda ishtirok etgan O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi raisi Baxromjon Gaziyev rahbarligidagi delegatsiya Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi prezidenti Tomas Bax, Xalqaro ot sporti federatsiyasi prezidenti Ingmar de Vos va boshqa xalqaro sport tashkilotlarining rahbarlari bilan uchrashib, istiqbolli loyihalarni muhokama qildi.

Muloqotlar davomida mutasaddilar mamlakatimizda olimpiya sport turlari, xususan, ot sporti tobora ommalashib borayotgani, O‘zbekistonning ko‘plab xalqaro musobaqalarni yuqori saviyada tashkil etayotgani haqida iliq fikrlar bildirishdi.  

Xalqaro forum o‘z ishi davomida qator masalalarni ko‘rib chiqdi. Qoidalarga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha milliy federatsiyalarning takliflari qabul qilindi. Tadbirda bu boradagi yakuniy qaror Xalqaro ot sporti federatsiyasining joriy yil oktyabr-noyabr oylarida bo‘lib o‘tadigan Bosh Assambleyasida e’lon qilinishi ta’kidlandi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA