French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Vakillarimiz Rossiya musobaqalarida yetakchi
09:22 / 2022-04-25

Stol tennisi bo‘yicha Cheboksari shahrida ayollar o‘rtasida o‘tgan Rossiya chempionatining so‘nggi 4-tur o‘yinlari vakilalarimiz uchun muvaffaqiyatli kechdi.

Marhabo Magdiyeva, Rozalina Xodjiyeva, Asel Yerkebayeva, Komila Xaliqova, Mehriniso Norqulova, Yekaterina Borovok (Belarus) va murabbiy Anvar Karimovdan iborat Toshkent viloyatining “Xvan Man Gim” sport klubi jamoasi Rossiya chempionatining superligasida yakunlangan 4 tur natijalariga ko‘ra 18 ta jamoa orasida chempionlikni qo‘lga kiritdi. 

Ortda qolgan 4 ta tur natijalariga ko‘ra, keyingi mavsumdan o‘zbekistonlik kichik raketka ustalari eng oliy divizion hisoblangan Premer ligada ishtirok etish huquqiga ega bo‘ldi.

Xuddi shuningdek, Rossiya chempionatining erkaklar bahsida ham hamyurtlarimizga omad kulib boqdi.

“Xvan Man Gim” jamoasining Zohid Kenjayev, Elmurod Xoliqov, Islom Sultonov, Shohrux Iskandarov, Nikita Panov, Tyan Stanislav va murabbiy Georgiy Soyda iborat tarkibi faxrli 2-o‘rinni egallab, Rossiya chempionatining Superligasi yo‘llanmasiga sazovor bo‘lishdi.
Superliga Rossiya chempionatining Premer-ligasidan keyin ikkinchi eng muhim divizion hisoblanadi.

Sportni rivojlantirish vazirligi mutaxassislarining ta’kidlashicha, yurtimiz stol tennischilarining Rossiya chempionatida tajriba tuplashi, mahorati oshishi jahon va qit’a chempionatlari, Osiyo va Olimpiya o‘yinlarida munosib ishtirok etishiga zamin hozirlaydi.

O‘zA