Vakillarimiz Kosovo jamoasiga imkoniyatni boy berdi
FOTOREPORTAJ
Avval xabar berganimizdek, poytaxtimizdagi “Alpomish” muz saroyida “IHF Trophy” turniri davom etmoqda.
18 yoshlilar guruhida O‘zbekiston va Kosovo jamoalarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Kecha Gvatemala jamoasi ustidan qozonilgan uchrashuv ruhi sezilmaydi. Ketma-ket xatolar. Uchrashuv biz kutganchalik bo‘lmadi. Kosovo qizlari 27:21 hisobida g‘alaba qozondi.
Ayni damlarda “Alpomish” muz saroyida 20 yoshli qizlar o‘rtasida bellashuv bo‘lib o‘tmoqda. O‘zbekiston – Yangi Kaledoniya uchrashuvida vakilalarimizga omad tilaymiz!
Muhammad AMIN (surat), O‘zA