French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Vacancy.argos.uz portalidagi shaxsiy kabinetga kirish maxfiy parolini unutib qo‘ysangiz, nima qilish kerak? 
14:25 / 2022-10-27

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi axborot xizmati rahbari Sevara Zokirova fuqarolardan tushgan savollarga javob berdi.

– Davlat fuqarolik xizmati sohasida qaysi organ maxsus vakolatli davlat organi hisoblanadi va uning vakolatlariga nimalar kiradi? 
 
– “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining 2-bobida bu haqda to‘xtalib o‘tilgan. Ushbu bobda davlat fuqarolik xizmati sohasida vakolatli organlar sifatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi va boshqa davlat organlari keltirilgan. 
 
Shulardan Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi maxsus vakolatli davlat organi hisoblanadi. Ushbu qonunning 8-moddasida agentlikning vakolatlari ko‘rsatilgan. Shulardan biri davlat fuqarolik xizmati sohasidagi yagona davlat siyosatini amalga oshirishdir. 
 
– Xorijiy oliy ta’lim muassasasini tamomlaganim haqidagi diplom vakansiyalar portalidagi shaxsiy kabinetimda ko‘rinmayapti. Bunday holatda nima qilishim lozim? 
 
– Sizning xorijiy davlat oliy ta’lim muassasasida o‘qiganligingiz to‘g‘risidagi diplom O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan nostrifikatsiyadan o‘tkazilishi lozim. Nostrifikatsiya qilingan diplom to‘g‘risidagi guvohnoma raqami o‘rnatilgan tartibda bazaga kiritiladi. Sizning diplom raqamingiz kiritilgan taqdirda portaldagi shaxsiy kabinetingizda avtomatik ravishda ko‘rinadi. 
 
Vacancy.argos.uz portalidagi shaxsiy kabinetga kirish maxfiy parolini unutib qo‘ysam, qayta tiklashni imkoni bormi? 
 
– Nomzodlarning Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portalidagi shaxsiy kabinetiga kirishi Yagona identifikatsiya tizimi id.egov.uz da olingan login va parol orqali amalga oshiriladi. Shuning uchun siz shaxsiy kabinetga kirish uchun login va parolni o‘zgartirish yoki uni tiklash borasida iduzsupport@egov.uz yoki 1242 qisqa raqami orqali ma’lumot olishingiz mumkin. 


 
Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA