Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Vabo kuchayishi global iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq
19:00 / 2023-08-04

Ekspertlar kelgusida iqlim o‘zgarishi va global isish tufayli dunyoda ba’zi xavfli epidemiyalar avj olishidan xavotir bildirgan.

Muammoning dastlabki belgilari allaqachon namoyon bo‘la boshlagan. Masalan, yog‘ingarchilik va bo‘ron-u to‘fon mavsumida vabo kasalligi avj olishi ma’lum. Odatda, dekabrdan martgacha bo‘lgan davr yomg‘irga boy. Afrikaning Malavi davlatida xuddi shu oylarda vaboga chalinish holati kuzatilgandi. Vaqt o‘tishi bilan epidemiologik vaziyat o‘zgaryapti.  

Xususan, BMT Bolalar jamg‘armasi (YUNISEF) vakili Gerrit Marits qayd etishicha, o‘tgan yil mart oyiga kelib bu mamlakatda endemik vabo epidemiyaga aylandi. Ya’ni qurg‘oqchilik mavsumida vabo tarqalishi kuzatildi. Joriy yil ayni holat yanada kuchaydi. Fevral oyi boshida kunlik kasallanish soni 700 taga yetdi. O‘lim darajasi 3,3 foizni tashkil etdi. Bu odatdagidan uch barobar ko‘p. Mart oyiga kelib esa vabo 1600 nafardan ziyod odamning hayotiga zomin bo‘ldi.  

JSST ma’lumotiga ko‘ra, 2022 yil 30 mamlakatda ushbu kasallik epidemiyasi qayd etilgan. Bu holat avvalgi yillarga nisbatan ko‘rsatkich o‘rtacha 50 foiz oshganini anglatadi. Shu bois olimlar iqlim keskin o‘zgarishi vaboga chalinish holati ortishiga sabab bo‘ladi, deya xulosa qilishmoqda.  

O‘zA