Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tizimli va izchil ishlar samarasi
16:21 / 2014-10-14

Poytaxtimizning Mirzo Ulug‘bek tumanida 2014-yilning o‘tgan to‘qqiz oyida korxonalarni modernizatsiyalash, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, turar joy va ijtimoiy obyektlarni qishki mavsumga tayyorlash, bitiruvchilarni ish bilan ta’minlash kabi qator yo‘nalishlar bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi.

Poytaxtimizning Mirzo Ulug‘bek tumanida 2014-yilning o‘tgan to‘qqiz oyida korxonalarni modernizatsiyalash, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, turar joy va ijtimoiy obyektlarni qishki mavsumga tayyorlash, bitiruvchilarni ish bilan ta’minlash kabi qator yo‘nalishlar bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi.

«Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni ijrosini ta’minlash yuzasidan Toshkent shahar hokimligida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga oid ko‘rsatkichlar haqida atroflicha ma’lumot berildi.

Tuman hokimi Sh.Ahmedov va boshqalar Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida jamiyat hayotining barcha sohalarini izchil isloh etish, xalqimiz uchun munosib turmush sharoiti yaratish, yosh avlodning barkamol insonlar bo‘lib voyaga yetishi yo‘lida g‘amxo‘rlik ko‘rsatish borasidagi ezgu sa’y-harakatlar o‘zining yuksak samaralarini berayotganini ta’kidladi.

Tumanda 52 mahalla, 1361 ko‘p qavatli turar joy bo‘lib, ularga 361 xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati xizmat ko‘rsatayotir. Mavjud 4953 kichik biznes subyektining 368 tasi xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxona hisoblanadi.

2014-yilning 9 oyi mobaynida tumanda 558 tadbirkorlik subyekti tashkil etildi. Ishlab chiqarish sohasida tumandagi 14 yirik korxonada 1 milliard 520 million so‘mlik sanoat, 316,9 milliard so‘mlik iste’mol mahsulotlari ishlab chiqarildi.

Joriy yilda tumanda 9 ming 533 ish o‘rni yaratilishi rejalashtirilgan bo‘lib, shu yilning o‘tgan davrida qariyb 7300 yangi ish o‘rni barpo etildi. Bunda kichik korxonalar va mikrofirmalar tashkil etish, yakka va oilaviy tadbirkorlikni keng yo‘lga qo‘yish, uy mehnatining barcha shakllarini rivojlantirish kabi omillar muhim ahamiyat kasb etdi. Har bir mahalla fuqarolar yig‘inida hududdagi bo‘sh ish o‘rinlari haqida maxsus stendlar tashkil etilgani aholi bandligini ta’minlashga ko‘maklashmoqda.

Turar joylar va ijtimoiy obyektlarni qishki mavsumga tayyorlash yuzasidan tumanda katta hajmda ishlar amalga oshirildi. Ko‘p qavatli uylarning tomlari, yo‘laklari, eskirgan qozonxonalar, irrigatsiya tarmoqlari, ichki kommunikatsiya tizimlari ta’mirlandi. Bolalar maydonchalari barpo etish, mavjudlarini tubdan ta’mirlashga alohida e’tibor qaratilayotir. Ko‘p qavatli uylarni qish mavsumiga tayyorlashga oid ishlarni belgilangan tartibda amalga oshirish uchun shirkatlarga o‘tgan yildagiga nisbatan 3 barobar ko‘p miqdorda imtiyozli kreditlar ajratildi.

«Sog‘lom bola yili» Davlat dasturiga asosan yoshlarni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, bolalar va o‘smirlar sport maktablari, sport-sog‘lomlashtirish majmualari, suzish havzalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ayniqsa, qizlarni sportga kengroq jalb etish yuzasidan salmoqli ishlar bajarildi. Buning natijasida tumanda jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanayotgan o‘smirlar safi tobora kengaymoqda.

Matbuot anjumanida davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan fuqarolarning murojaatlari, arizalar, taklif hamda shikoyatlarni ko‘rib chiqish yuzasidan bajarilgan ishlar, ishlab chiqilayotgan me’yoriy-huquqiy hujjatlarning loyihalari to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi.