V Islom birdamligi o‘yinlarida ilk medal qo‘lga kiritildi
5 avgust kuni Turkiyaning Konya shahrida V Islom birdamligi o‘yinlari boshlandi.
bugungi dasturda velosportchilar trek dasturida ilk medallar uchun bahs olib bordi. Trek dasturida bahs olib borgan velosportchilarimiz V Islom birdamligi o‘yinlaridagi ilk medalga mualliflik qilishdi. Ayollar o‘rtasida skretch bo‘yicha guruh poygasida ishtirok etgan Sofiya Karimova bronza medaliga sazovor bo‘ldi. Ushbu dasturda ishtirok etgan boshqa bir vakilamiz Nafosat Qo‘ziyeva esa o‘ninchi bo‘lib marraga yetib keldi.
Ma’lumot uchun, V Islom birdamligi o‘yinlarida dunyoning 57 ta mamlakatidan sportchilarning ishtirok etishi kutilmoqda. O‘yinlar Turkiyaning Konya shahridagi 8 ta inshootda o‘tkaziladi, – deyiladi Sportni rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati xabarida.
O‘zA