French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Uzwoolentex” mahsulotlari Rossiya va Qozogʻistonga eksport qilinmoqda
16:00 / 2020-07-24

2018-yilda Margʻilon shahrida “Uzwoolentex” Oʻzbekiston-Xitoy qoʻshma korxonasining tashkil etilishi yurtimizda toʻqimachilik sohasida yangi davrni boshlab berdi.


2018-yilda Margʻilon shahrida “Uzwoolentex” Oʻzbekiston-Xitoy qoʻshma korxonasining tashkil etilishi yurtimizda toʻqimachilik sohasida yangi davrni boshlab berdi.

Tadbirkor Nargiza Aminova tashkil etgan korxonada kalava ip asosida jun aralashmali mato ishlab chiqariladi. Uning yaralish jarayoni tikuv, sifat nazorati, qayta ishlash va pardozlash sexlarida Italiya, Germaniya va Xitoyda ishlab chiqarilgan energotejamkor uskunalar yordamida olib boriladi. Bu yerda 104 nafar ishchi-xodim mehnat qiladi. Korxona toʻliq quvvatda ishga tushirilsa, ish oʻrinlari soni 300 tadan oshadi.

Hozirda korxonada ishlab chiqarilayotgan mahsulot yillik 2 million pogonometrni tashkil etadi. Mazkur turdagi matolar asosan harbiylar, aeroport, mehmonxona va boshqa koʻplab davlat xizmatlari xodimlari kiyimlarini tikishga moʻljallangan.

— Bir guruh mutaxassislarimiz Xitoy tajribasini oʻrganib qaytdilar, - deydi korxona bosh menejeri Shavkat Sobirov. — Xalqaro sifat standarti asosida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarimiz ichki bozor talablarini qondiradi. Eksportni Rossiya va Qozogʻiston davlatlaridan boshladik. Yana oʻnlab davlatlarga mato va formali kiyimlar namunalarini yuborib, muzokaralar olib borayapmiz. Shu kunga qadar Markaziy Osiyo davlatlari jun aralashmali matoni Xitoydan xarid qilgan. Murakkabligiga qaramasdan, jun aralashmali mato ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish va mahalliylashtirishning ahamiyati katta.

“Uzwoolentex” jun aralashmali matoni toʻqishda foydalaniladigan kalava ipni ham korxonaning oʻzida ishlab chiqarishni loyihalashtirdi. Umumiy qiymati 6 million dollardan ziyod loyihada yillik 840 tonnalik kalava ipni tayyorlash koʻzda tutilmoqda. Uning amalga oshirilishi orqali 400 ga yaqin yangi ish oʻrinlari yaratiladi va mato uchun buyurtmalar ishlab chiqarish muddati ikki baravarga qisqaradi.

Hozirda jun aralashmali matolardan “Narimteks” korxonasida ayollar liboslarini tikishda keng foydalanilmoqda. Mazkur mahsulotlar yurtimizda “Molto Caldo” brendi bilan mashhur.