French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Uzunda ikkita maktabgacha ta’lim tashkiloti ishga tushdi
09:53 / 2025-07-25

Surxondaryo viloyatining Uzun tumanidagi Tojikobod mahallasida yangi maktabgacha ta’lim tashkiloti foydalanishga topshirildi.

Zamonaviy usulda bunyod etilgan muassasani qurib, ishga tushirish uchun 4 milliard 400 million so‘m mablag‘ sarflandi. 120 o‘rinli maktabgacha ta’lim tashkiloti bir yo‘la zarur jihozlar bilan ta’minlanib, mahallada yashaydigan 35 kishining bandligini ta’minladi. 

Avvalroq chekka tumanning Surxon mahallasida 5 milliard 221 million so‘m mablag‘ evaziga barpo etilgan 32-maktabgacha ta’lim tashkiloti foydalanishga topshirilgan edi. 150 bolaga mo‘ljallangan bu maskanda kichkintoylar uchun barcha qulaylik yaratilgan.

Endilikda har ikkala mahalla bolajonlari ham qulay, xavfsiz va zamonaviy sharoitlarga ega muassasada ta’lim-tarbiya olib, kamolga yetadi. 

Xolmo‘min Mamatrayimov, O‘zA muxbiri