Uzun tumani paxtakorlari mamlakatimizda birinchi
Surxondaryo viloyatidagi Uzun tumani paxtakorlari joriy yilgi xom ashyo topshirish shartnomaviy rejasini mamlakatimizda birinchi bo‘lib bajardi.
Bu haqda O‘zAga xabar bergan viloyat hokimligi axborot xizmatiga ko‘ra, tumandagi 135 ta fermer xo‘jaligi 2 ming 475 gektar maydonda mo‘l hosil yetishtirib, 9 ming 105 tonnadan ortiq paxta xirmoni bunyod etdi. Yillik shartnomaviy reja 100,1 foizga bajarildi.
Shu kungacha terib olingan g‘o‘za maydonlarida o‘rtacha hosildorlik 36-37 sentnerni tashkil etmoqda. Bu yutuqqa "Jo`rabek Safarov baraka", "Zilola Kamola omad", "Qurbonova Xojaroy" kabi ilg‘or fermer xo‘jaliklari munosib hissa qo‘shib, o‘rtacha 42-46 sentnerdan hosil yig‘ishtirib oldi.
Tumanda yig‘im-terim uyushqoqlik bilan davom etmoqda.
X. Mamatrayimov, O‘zA muxbiri