Biz uning ijobiy maʼnosidan foydalanmoqchimiz.
Xalqimizning ushbu hazilomuz ibratli gapini ham ijobiy, ham salbiy maʼnoda ishlatsa boʻladi. Biz uning ijobiy maʼnosidan foydalanmoqchimiz.
Yoz fasli yurtimizda meva-chevalar gʻarq pishib, vitaminlarga toʻyinadigan payt. Shunday ekan, vaqtni qoʻldan boy bermaylik. Sarhil meva-chevalardan oʻz vaqtida yeb, kuch-quvvatga toʻlish zarur. Bu bugungi pandemiya sharoitida juda muhim.
Buyuk bobomiz Abu Ali ibn Sino uzumning xususiyatlari haqida shunday yozadi: “Bir muncha muddat olib qoʻyilgan uzum tanani yaxshi oziqlantirib, quvvatlantiradi. Yaxshi pishgan uzumning zarari pishmaganidan kamroqdir. Uzumning oʻzi sharbatidan koʻra foydaliroqdir. Uzum va danakli magʻiz ichak ogʻrigʻida yaxshi foyda qiladi. Shuningdek, mayizi buyrak va qovuq uchun ham foydali. Ichketish va yoʻgʻon ichak xastaliklarida ham foydali. Uzum poyasining suvi toshlarni maydalaydi, soʻgal, qontalash, temiratkini davolaydi”. Demak, uzumini yengu bogʻini surishtirmang!