English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Uzumini yeganda bog‘ini ham so‘rang
16:42 / 2015-05-22

O‘zbekiston Milliy matbuot markazida “O‘zvinosanoatxolding” xolding kompaniyasi tomonidan uzumchilikni rivojlantirish, qayta ishlash korxonalarining xomashyo bazasini mustahkamlash va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi.

O‘zbekiston Milliy matbuot markazida “O‘zvinosanoatxolding” xolding kompaniyasi tomonidan uzumchilikni rivojlantirish, qayta ishlash korxonalarining xomashyo bazasini mustahkamlash va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi.

Qishloq xo‘jaligining boshqa yo‘nalishlarida bo‘lgani kabi uzumchilik ham jadal rivojlanmokda. Tokzorlar hosildorligini ko‘paytirish, uzumni qayta ishlash korxonalarini zamonaviy uskunalar bilan jihozlash orqali mahsulot sifatini yaxshilash ham doimiy e’tiborda. Prezidentimiz Islom Karimovning 2013-yil 13-martdagi «2013-2015-yillar davrida respublikada uzumchilikni yanada rivojlantirish dasturlari to‘g‘risida»gi qarori bozorlarimiz to‘kinligi va korxonalar eksport salohiyatini yanada oshirishga xizmat qilmoqda.

«O‘zvinosanoatxolding» xolding kompaniyasida raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish, vinochilik sanoati rentabelligini oshirish borasida tizimli ishlar olib borilayotir. Xususan, 2013-2015-yillarda 2,6 ming gektar sanoatbop navli tokzorlar barpo etilib, tizimga qarashli tokzorlar maydoni 6,3 ming gektarga yetkazildi. Yangi ekilgan 725 gektar maydondagi tokzorlarni suv bilan ta’minlash uchun ko‘plab artezian quduqlar qazilib, ishga tushirildi. 305 gektar maydonda tomchilatib sug‘orish yo‘lga qo‘yildi.

– Kompaniyamizda fermerlar bilan manfaatli munosabatlarni takomillashtirish, ularning malakasini oshirish va ilg‘orlarini rag‘batlantirish borasida ham amaliy ishlar qilinmoqda, – deydi kompaniyaning boshqarma boshlig‘i Adiba Ahmadjonova. – Har yili joylarda o‘tkazilayotgan ko‘rgazmali seminarlarda 10 mingdan ortiq fermer ishtirok etmoqda. Yer egalariga texnik xizmat ko‘rsatish sifatini oshirishda Parkent, Baxmal va G‘allaorol tumanlarida tashkil etilgan markazlar qo‘l kelmoqda.

2014-yilda qayta ishlash korxonalarida 130 ming tonna uzum qayta ishlangan bo‘lsa, joriy yilda bu ko‘rsatkichni 132 ming tonnaga yetkazish mo‘ljallanmoqda. Shundan 18 ming tonnasi kompaniya yerlarida yetishtirilishi kutilmoqda. Bu korxonalar quvvatini yanada oshirish va yangi liniyalar o‘rnatishni talab etadi. Shu bois yigirmadan ziyod korxonada modernizatsiyalash tadbirlari amalga oshiriladi.

Tizimdagi bir yuz ellikdan ortiq korxonada sanoatbop tokzorlar barpo etish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, yer unumdorligi va ishlab chiqarish hajmlarini ko‘paytirishga qaratilgan qator investitsion loyihalar amalga oshirilmoqda. Xususan, 2014-yilda mazkur korxonalar tasarrufidagi mavjud bog‘-tok qator oralarida 3,5 ming tonna meva, 10,2 ming tonna sabzavot, poliz, kartoshka va boshqa mahsulotlar, 6 gektar issiqxonalarda 900 tonna sabzavot va 60 tonna sitrus mevalar yetishtirildi.

Modernizatsiyalashning asosiy yo‘nalishlaridan tashqari, tizimdagi korxonalarda qo‘shimcha ravishda investitsiya loyihalarini amalga oshirish mo‘ljallanmoqda. Non, qandolat mahsulotlari, quyuq sharbatlar, konserva va salqin ichimliklar ishlab chiqarish shular sirasidandir. Tizimdagi korxonalarda parrandachilik, qoramolchilik, baliqchilik komplekslari ham tashkil etilgan.

Tadbirda jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga javob qaytarildi.