Prezident topshirig‘i amalda
Bog‘dorchilik, xususan, uzumchilik azaldan xalqmiz bandligini, farovon turmushni ta’minlab keladi. Ayni vaqtda mamlakatimizda mazkur tarmoqning yangi istiqbollari rivoj topmoqda.
Xususan, Prezidentimiz raisligida 30 iyul kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida ham ishlab chiqarilayotgan oziq-ovqat, sanoat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga xaridor topish, bojxona logistikasida uchrayotgan muammolarni bartaraf etish va tarmoqlarni rivojlantirishga qulaylik yaratish masalalari ko‘rib chiqilib, muhim vazifalar belgilandi. Bu borada Toshkent viloyatida ham amaliy ishlar davom etmoqda.

Hozir hududdagi 44,6 ming gektar joyida bog‘ va uzumzorlar mavjud bo‘lib, mavsumda xaridorgir va eksportbop mahsulot yetishtirishga alohida e’tibor qaratilgan. Shundan 1,7 ming gektari sanoatlashtirilgan intensiv bog‘ va tokzorlar barpo etilgan bo‘lsa, yil yakunigacha qo‘shimcha yana 1,5 ming gektar yerda xuddi o‘zlashtiriladi.
Viloyatda meva-sabzavot mahsulotlari eksporti asosan yilning III va IV choraklarida pishib yetiladigan uzum, dukkakli va poliz mahsulotlari hisobidan yil yakuniga qadar 242,7 million dollar prognoz ortig‘i bilan ta’minlanishi kutilgan. Jumladan, hudud bo‘yicha jami 157 ming tonna uzum mahsulotlari yetishtiriladi. Shundan 60 ming tonnaga yaqin uzum mahsulotlari muzlatgichli omborlarda saqlanib qo‘shilgan qiymatda eksportga yo‘naltiriladi.

Masalan, o‘tgan yil Ohangaron tumanidagi Shodmalik ota MFY hududida “UFO” (Kaliforniya, AQSH) texnologiyasi asosida 25 gektar joyda zamonaviy sanoatlashgan uzum plantatsiyasi barpo etildi. Unda uzumning avatar navi yetishtirilib, birinchi yilning o‘zida 10 tonnaga yaqin hosili muzlatgichda saqlash uchun yig‘ib olindi. Buning uchun mavsumda 50 nafar ishchi mehnat qildi.
– Ko‘chatlar asosan tomchilatib sug‘orish tizimida amalga oshiriladi. Bu esa hudud adirlik bo‘lgani uchun juda qo‘l kelmoqda. Aynan omborxonalarda yil yakunigacha mahsulotlar saqlash tajribasi narxlarni oshirishga erishish imkonini yaratmoqda. Loyiha tashabbuskorlari kelgusida ko‘proq mahsulot yetishtirish va chetga eksport hajmini oshirish maqsadida yana 300 gektar joyda uzumzor tashkil qilishni boshlagan. Buning uchun joylarda maxsus tik quduqlar qurilgan. Aynan bu sa’y-harakatlar tumanda bog‘dorchilik xo‘jaliklari tashkil qilishda qo‘l kelmoqda, – deydi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi Ohangaron tuman bo‘limi boshlig‘i Sayriddin Karimov.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/FWc5jX1lpR0" title="Uzumchilikda istiqbolli loyihalarommalashmoqda" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>A.Musayev,O‘zA.