Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Uzumchilik: serdaromad soha
11:39 / 2023-08-03

Buxoro tumani Saxovat mahallasi aholisi asosan uzumchilik bilan shug‘ullanadi. Odamlar erta bahordan to kech kuzgacha uzum bog‘larida ish bilan mashg‘ul. Tok ochishdan boshlab uni parvarishlash, sug‘orish, o‘g‘it berish, xomnart qilish, pishib yetilganda uzumlarni uzib olish, saralash va mayiz uchun quritishga ilish, yoyish va yig‘ib olish, tozalash, kuzda hosildan bo‘shagan toklarni qirqish va asta-sekin ko‘mish va hokazo jarayonlar har yili qizg‘in davom etadi.

Ushbu mahalla aholisi hozirgi kunda 320 gektar maydonda uzumning asosan sanoatbop navlarini yetishtirib kelmoqda. Har yili uzumchilik orqasidan 80-90 million so‘mgacha daromad qilayotgan oilalar bor.  

– Uzumchilik bizga ota kasb, shu bilan birga serdaromad soha, – deydi mahalliy bog‘bonlardan biri Baxtiyor Qurbonov. – Toklar to‘g‘ri parvarish qilinsa hosildorlik yildan-yilga oshadi. Qari zanglar o‘rniga o‘sib chiqadigan yosh nihollardan besh yuz yilgacha hosil olish mumkin. Parvarish vaqtidan kechikmasa, tok kasallanmaydi.  

Bugun uzumchilik bilan shug‘ullanayotgan har bir oilaviy dehqon va fermerlar uchun eng muhim hal qiluvchi palla. Uzumlar g‘arq pishib yetilgan ayni kunlarda butun mahalla vakillari bor kuch va g‘ayratini, energiyasini uzumzorga qaratgan — peshona teri va halol mehnati bilan yetishtirgan uzumlarni uzmoqda.  

Ma’lumot uchun, Buxoro tumanida fermer xo‘jaliklari tomonidan 1 ming 226 ming gektar maydonda uzum yetishtirilmoqda. Bu tarmoqda 2 mingga yaqin aholi doimiy va mavsumiy ish bilan band.  

 

Zarif Komilov,  

O‘zA