“Uzuklar hukmdori” suratga olingan bog‘da yong‘in
Yangi Zelandiyaning Tongariro milliy bog‘ida katta yong‘in sodir bo‘ldi.
Ushbu majmua landshaftidan “Uzuklar hukmdori” trilogiyasida Mordorni tasvirlashda foydalanilgan, deya xabar tarqatdi “New Zealand Herald” gazetasi.
- Barcha sayyohlar evakuatsiya qilindi, bir kechada avtomagistral yopildi. Yakshanba kuni ertalab o‘rmon yong‘ini nazoratdan chiqib ketganligi sababli evakuatsiya davom etdi. Olov taxminan 2500 gektar joyni qamrab oldi, - deb yozgan nashr.
“Vakapapa” qishlog‘ining 36 nafar aholisi ham ko‘chirilgan. Mazkur bog‘ YUNESKO Jahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan.
S.Rahimov, O‘zA