Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ellikqal’a tumanidagi Do‘stlik qishloq fuqarolar yig‘inida UZTELECOM ko‘magida qurilgan yangi toza ichimlik suvi shoxobchasi ishga tushirildi.
Mazkur loyiha kompaniyaning aholi turmush darajasini yuksaltirish va mamlakatning hududlarini rivojlantirish dasturining muhim qismiga aylandi.UZTELECOM tashabbusi tufayli qishloq aholisi endi sog‘liq va farovonlikning asosiy shartlaridan biri hisoblangan toza va xavfsiz ichimlik suvidan doimiy ravishda foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
Shoxobcha yonida joylashgan 12-maktab o‘quvchilari uchun bu inshoot alohida ahamiyat kasb etadi. Bu yerda ta’lim olayotgan 456 nafar bola, jumladan 199 nafar boshlang‘ich sinf o‘quvchisi endi har kuni xohlagan paytda ichimlik suvidan bemalol foydalana oladi.
Toza suv ta’minoti loyihasi UZTELECOM kompaniyasining jamiyatga nisbatan mas’uliyatli munosabatining namunasi va O‘zbekiston hududlarining barqaror rivojlanishiga qo‘shgan hissasidir.
UZTELECOM mamlakatning har bir hududida aholini qo‘llab-quvvatlash, infratuzilmani rivojlantirish va turmush sifatini oshirishga qaratilgan ijtimoiy tashabbuslari amalga oshirishni davom ettirmoqda.
UZTELECOM — doimo Sizga yaqin bo‘lgan operator!