Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Uzoq qishloqlarni internet bilan taʼminlash qay ahvolda?
15:39 / 2020-07-27

2020-yil – “Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlanish yili”ning birinchi yarmida mobil aloqa operatorlari 1375 ta mobil aloqa tayanch stansiyasi oʻrnatilgani haqida maʼlum qilingan edi.


2020-yil – “Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlanish yili”ning birinchi yarmida mobil aloqa operatorlari 1375 ta mobil aloqa tayanch stansiyasi oʻrnatilgani haqida maʼlum qilingan edi.

Shunga qaramay bugungi kunda internet tezligi hamma joyda ham bir xilda emas, ayniqsa mobil aloqa xizmatlari talab darajasida emas. Karantin davrida uzoq qishloq hududlariga mobil aloqa tayanch stansiyalari oʻrnatilgani haqida aytilmoqda. Bu qanchalik toʻgʻri?

- Oʻtgan davrda aholi maskanlarining mobil aloqa bilan qamrovi darajasi 97 foizga yetkazildi, - deydi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi matbuot kotibi Sherzod Axmatov. - Eng muhimi, mobil aloqa tarmoqlari qurilmalari respublika miqyosida oʻrnatilmoqda. Hududlar kesimida tahlil qiladigan boʻlsak, Qashqadaryoda 138 , Samarqandda 157, Xorazmda 64, Surxondaryoda 76 mobil aloqa stansiyasi oʻrnatildi. Yangi tayanch baza stansiyalarini oʻrnatish ishlari tizimli olib borilmoqda.

Aytish joizki, shu kunga qadar telefon xizmatlarini koʻrsatuvchi 2G mobil tarmoqlarni kengaytirishga eʼtibor berilgan boʻlsa, hozir tarmoqning qamrovini oshirish boʻyicha loyihalar 3G/4G tarmoqlarini kengaytirishga yoʻnaltirilmoqda. Xususan, shu yilning oʻzida 2200 ta 3G/4G baza stansiyasini oʻrnatish rejalashtirilgan.

Taʼkidlash joizki, respublikada AKT sohasidagi eng ilgʻor texnologik ishlanmalarni joriy etishga muhim eʼtibor qaratiladi. 2019-yil sentyabrdan bir vaqtda ikkita mahalliy mobil operatorlar — UZMOBILE va UCELL 5G texnologiyani test sinovidan oʻtkazishni boshlagani shundan dalolat beradi.

Eng muhimi esa karantin rejimi vaqtida ham uzoq qishloq hududlariga keng polosali optik tolali aloqa kabellarini yotqizish va aholini tezkor internet bilan taʼminlash ishlari bir zum ham toʻxtatilgani yoʻq.

Telekommunikatsiya infratuzilmasini yana-da rivojlantirish yuzasidan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi natijasida joriy yil boshidan bugungi kungacha, Internet tarmogʻida keng polosali ulanish tarmoqlarini kengaytirish maqsadida 490 ming portga teng Internet tarmogʻiga keng polosali ulanish portlari oʻrnatildi, natijada ularning umumiy soni 2,5 millionga yetkazildi.

Telekommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish loyihalarida investorlar va mahalliy tadbirkorlar ham faol ishtirok etmoqda. Masalan, Jizzax erkin iqtisodiy zonasida koreyalik hamkorlar bilan birgalikda loyiha qiymati 11 million dollarga teng optik tolali kabel mahsulotlarini ishlab chiqarish zavodi ishga tushirildi. U yerda yiliga 50 ming km. optik tolali kabel tayyorlash quvvati yaratildi.

Bu esa, oʻz navbatida, internet tezligining oshishida muhim omilga aylandi. Gap shundaki, “Ookla” kompaniyasining Speedtest.net servisi internet tezligi boʻyicha 2020-yil iyun oyi natijalariga koʻra yangi maʼlumotlarni eʼlon qildi va ushbu SpeedtestGlobalIndex reytingida Oʻzbekiston keskin oʻsishni namoyon etdi.

Internet tezligi boʻyicha reytingda Oʻzbekiston bir yil ichida 36 pogʻonaga koʻtarilishi kuzatildi. Umuman, oxirgi yil natijalariga koʻra Oʻzbekiston simli internet tezligi 2,5 barobarga oʻsdi.