Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Uzoq qishloq aholisi uchun tibbiy ko‘rik
15:15 / 2022-06-17

Buxoro viloyati Qorako‘l tumanidagi “Polvonlar” mahalla fuqarolar yig‘inida aholi uchun tibbiy tashkil etildi. 800 nafardan ziyod fuqaro qamrab olingan tibbiy ko‘rik Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Ulug‘bek Sobirov rahbarligidagi yuqori malakali shifokorlar tomonidan o‘tkazildi.

– 34 nafar bemorda imtiyozli tartibda yuqori texnologik jarrohlik amaliyoti o‘tkaziladi, – deydi Qorako‘l tumani tibbiyot birlashmasi boshlig‘i Elyor Oltiyev. – Shuningdek, tumanda tug‘ma yurak nuqsoni bilan 132 nafar voyaga yetmagan bola 3 kun mobaynida respublika Bolalar milliy markazidan kelgan professor-dotsentlar tomonidan chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikka jalb qilindi. Ularning 25 nafari to‘liq tuzalganligi aniqlanib, tibbiy nazoratdan chiqarildi. E’tiborli jihati, tumanda bu toifadagi bolaning 3 nafarida jarrohlik amaliyoti o‘tkazildi. 

Bolalarda uchrayotgan bu kabi tug‘ma kasallikka davo izlagan ota-ona borki, tibbiyoti rivojlangan xorijiy davlatlardan najot izlab kelgani hech kimga sir emas. Ammo endilikda yurtimizda ham yuqori malakali shifokorlar tomonidan shunday murakkab jarrohlik amaliyotlari muvaffaqiyatli amalga oshirilayotganidan ko‘pchilik bexabar. 

Masalan, birgina Qorako‘lda o‘tkazilgan ushbu tibbiy ko‘rik natijasida “Yangibozor” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi, 2006 yilda tug‘ilgan Shirina Shamsiqulova, “Jig‘achi” mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qilayotgan, 2018 yilda tug‘ilgan Sherzod Jo‘rayev, “Tinchlik” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi, 7 yoshli Shaxobiddin Azamatovda xuddi shunday jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli o‘tkazildi. 

– Bunda avvalo Respublika Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Bolalar Milliy tibbiyot markazi direktori Alisher Sharipov, Respublika ixtisoslashtirilgan Kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori Xurshid Fozilov, Toshkent davlat Pediatriya tibbiyot instituti klinikasi bosh shifokori Abdumalik Jalilovlar ishtirokida operatsiyaga tayyorlangan bolalarda elektrokardiografiya eshituvi – yurak ritmi o‘zgaruvchanligi o‘rganildi, – deydi Elyor Oltiyev. – Puxta tayyorgarlikdan so‘ng tug‘ma nuqsoni bo‘lgan bu bolalar jarrohlik amaliyotiga olib kirildi. Bugun ularning sog‘lig‘i juda yaxshi. Uch-to‘rt kunlik parvarishdan so‘ng ularga ruxsat beriladi va mahalliy shifokor nazoratida bo‘ladi. 

Umuman, ayni kunda tumanda yurak nuqsoni bilan tug‘ilgan jami 19 nafar bolada murakkab jarrohlik amaliyoti yuqori texnologik sharoitda amalga oshirish ko‘zda tutilgan. 

Zarif Komilov, O‘zA