Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Uzoq ovul gaz ta’minotida muammo bo‘lmaydi
13:14 / 2023-03-25

Buxoro viloyati Shofirkon tumanida iste’molchilarga suyultirilgan gaz yetkazib berishga alohida e’tibor qaratilmoqda. “Shofirkontumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi xodimlari belgilangan rejaga muvofiq gaz ballonlarini o‘z vaqtida yetkazib berayotir. Joriy yilning o‘tgan davrida 737 tonnadan ortiq suyultirilgan gaz tarqatildi.

Xususan, tuman markazidan 110 kilometr uzoqlikda, Qizilqum kengliklari bag‘ridagi Churuq ovulida qozoq millatiga mansub aholi istiqomat qiladi. Ular o‘zining turmush tarzi, urf-odatlari, an’analari, qolaversa, chorvachilikda o‘ziga xos tajribasi, yetishtirgan mahsulotlari bilan ijtimoiy-iqtisodiy hayotda alohida o‘ringa ega. Ovulliklar bugun o‘zlarining maishiy ehtiyojlari uchun gaz ballonidan foydalanadi. Gaz ta’minoti bo‘limi xodimlari tomonidan gaz ballonlari o‘z vaqtida yetkazib berilmoqda. Jumladan, joriy yilning mart oyida 60 dan ortiq xonadon egalariga 1 ming 400 kilogrammdan ortiq suyultirilgan gaz tarqatildi.

— Yashash sharoitimiz yaxshi, – deydi Oybarchin aya Ishnazarova. – Ehtiyojlarimiz uchun maishiy gaz ballonlaridan foydalanamiz. Gazchilar o‘z vaqtida gaz ballonimizni yetkazib, tarozilarda o‘lchab beradi. Berilgan maxsus kartalar orqali to‘lovlarni amalga oshiryapmiz. Muammolar kelib chiqqani yo‘q. Ovqatlarimiz o‘z vaqtida pishib, choylarimiz qaynayapti. Hududdagi 23-maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilari uchun issiq taomlarni tayyorlashda gaz ballonidan foydalaniladi. Tarbiyachi opaning aytishicha, gaz ballonlari vaqtida yetkaziladi. O‘rnatib beriladi, xavfsizlikka rioya etish maqsadida tushuntirish ishlari ham olib borilmoqda.  

Bir so‘z bilan aytganda, ta’minot xodimlari faoliyatidan aholi vakillari juda minnatdor.  

Zarif Komilov, O‘zA