English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Uzoq muddatli shartnoma oʻzbek mahsulotlarini xorijda sotish imkoniyatini kengaytiradi
19:33 / 2018-10-18

Oʻzbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi oʻrtasidagi hududlararo hamkorlik I forumi doirasida Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasida xalqaro savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlik qilish, eksport sohasini kengaytirishga bagʻishlangan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi.

Oʻzbekiston-Rossiya ishbilarmonlar kengashi, Rossiya federatsiyasi moliya vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Rossiya ekspert kengashi va Oʻzbekistondagi bir qator tashkilotlar vakillari ishtirok ettgan tadbir ishbilarmonlar uchun muloqot maydoniga aylandi.

Unda mashinasozlik va elektrotexnika, toʻqimachilik sanoati, AKT va sogʻliqni saqlash, neft gaz, kimyo sanoati, qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat sanoati, metallurgiya va konchilik, qurilish sanoati kabi yoʻnalishlarda ikki tomonlama shartnomalar tuzildi.

Yurtimizning barcha hududlaridan kelgan forum ishtirokchilari mahsulot eksperti, investitsiya kiritish, texnikalar sotib olish yuzasidan kerakli maʼlumotlar olishdi.

Oʻz yoʻnalishi boʻyicha hamkorlik qilishni istagan yurtdoshlarimizga Oʻzbekiston va Rossiya Federatsiyasi Savdo sanoat palatasi masʼullari koʻmak berishdi.

Kelishuvga erishgan ishbilarmonlar kelgusidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash maqsadida uzoq muddatli shartnoma imzolashdi.

photo5350434910785087897.jpg