Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Uzoq muddatli kuzatuvchilar saylovga tayyorgarlik jarayonlari bilan tanishdi
11:38 / 2024-10-15

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va xalq deputatlari Kengashlari deputatlari saylovlari munosabati bilan xalqaro tashkilotlardan qatnashadigan uzoq muddatli kuzatuvchilar hududlarda bo‘lib, saylov jarayoniga tayyorgarlik ishlari bilan yaqindan tanishmoqda.

Jumladan, Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining Demokratik institutlari va inson huquqlari bo‘yicha byurosi (YeXHT/DIIHB)ning uzoq muddatli kuzatuvchilari – Svitil Pavel hamda Skovbo Stig Navoiy viloyati hududiy saylov komissiyasiga tashrif buyurdi.

Uchrashuvda hududiy saylov komissiyasi raisi Shuhrat Jo‘rayev bu yilgi saylovlar jarayonining oldingi saylovlardan farqli o‘laroq aralash tizimda o‘tkazilayotganligi, ayni paytda kalendar-rejaga asosan amalga oshirilayotgan faoliyat, muddatidan oldin ovoz berishni tashkil etish, 27 oktyabrda bo‘lib o‘tadigan saylov kunidagi sanoq jarayoni va olib borilish tartibi haqida ma’lumot berdi.  

Ta’kidlanganidek, bugungi kunda muddatdan oldin ovoz berish uchun 10 foiz miqdoridagi saylov byulletenlari saylov uchastkalariga yetkazilgan.

O‘z navbatida uzoq muddatli kuzatuvchilar saylovga tayyorgarlik jarayoni ularda ijobiy xulosa qoldirayotganini e’tirof etgan holda, muddatidan oldin ovoz berish tartibi, saylov uchastkalarida jarayonning tashkil etilishi, saylovchilar ro‘yxati, jumladan, nogironligi bor shaxslar ro‘yxatining shakllantirilishi kabi savollarga atroflicha javob oldi.  

Shuningdek, kun davomida uzoq muddatli kuzatuvchilar “Do‘stlik bayrog‘i” va “Znamya drujbы” gazetalari tahririyati” DUK binosiga tashrif buyurdi.  

Uchrashuv davomida tahririyat Bosh muharriri Boboqand Umarov viloyat bosma nashrida saylov jarayonlari qay darajada tashkil etilayotganligi, qonunchilikda belgilangan tartibda siyosiy partiyalar tashviqotini tashkil etish, bosma nashr orqali siyosiy partiyalarning saylovoldi dasturlari bilan aholini tanishtirish, birinchi marotaba ovoz beradigan yoshlar uchun targ‘ibot materiallarini tayyorlash hamda joylarda saylovga tayyorgarlik ko‘rish haqidagi maqolalarning chop etilishi xususida ma’lumot berdi.  

A.Bo‘riyev, O‘zA muxbiri