Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“UzmedExpo – 2022” XIV Xalqaro tibbiyot ko‘rgazmasi – soha yangiliklarini namoyish etishda keng platforma
12:56 / 2022-09-22

Ayni kunlarda poytaxtimizdagi «O‘zekspomarkaz» markaziy ko‘rgazmalar majmuida “UzmedExpo – 2022” XIV Xalqaro tibbiyot ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda.

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi, Xorijiy farmatsevtika kompaniyalari va ishlab chiqaruvchilarining O‘zbekiston Respublikasidagi vakolatxonalari uyushmasi hamda Toshkent shahar hokimligi tomonidan tashkil etilgan mazkur ko‘rgazmada 70 ga yaqin mahalliy va xalqaro kompaniyalar ishtirok etmoqda. Unda O‘zbekiston, Belarus, Germaniya, Hindiston, Qozog‘iston, Rossiya, Turkiya, Shveysariya, Koreya Respublikasining ekspozitsiyasi keng miqyosda namoyish etilmoqda.   

[gallery-8869]
 
Ko‘rgazmaga tashrif buyuruvchilar xorijiy va mahalliy kompaniyalar, tibbiy asbob-uskunalar distribyutorlari va ishlab chiqaruvchilari mahsulotlarining imkoniyatlari va funksionalligini baholashlari mumkin bo‘ladi.   
 
Prezidentimizning 2022 yil 11 apreldagi «Tibbiyotda xususiy sektor faoliyatiga qo‘shimcha qulayliklar yaratish va soha xodimlarini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmonida Respublikada zamonaviy tibbiy xizmat turlarini kengaytirish, nodavlat tibbiyot tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish vazifa qilib belgilangan.

Mazkur “UzmedExpo – 2022” XIV Xalqaro tibbiyot ko‘rgazmasi ushbu hujjat ijrosini ta’minlashga ham xizmat qiladi. Shuningdek, tibbiyot sohasida tibbiy texnikalar va uskunalar, dori vositalari, zamonaviy sarflash materiallari, innovatsion mahsulotlar va xizmatlar bo‘yicha yangi ishlanmalarni namoyish etishda keng platforma hisoblanadi.   
 
Ko‘rgazma ishi ertaga soat 16:00ga qadar davom etadi.  


Mohigul Qosimova,  
Otabek Mirsoatov(surat),  
O‘zA