Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Uzluksiz ta’lim tizimining izohli lug‘ati” loyihasi ishlab chiqildi
12:15 / 2024-10-10

AOKAda Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi axborot xizmati rahbari Shavkat Xo‘jaqulov ishtirokida brifing o‘tkazildi.

Mutaxassisning ta’kidlashicha, dars mashg‘ulotlarini samarali va qiziqarli o‘tkazish uchun Phet, Kahoot, Nearpood, Online Test Pad, Plickers kabi platformalardan foydalanish bo‘yicha o‘zbek va rus tillarida 20 tadan ortiq video yo‘riqnoma ishlab chiqilib, e’lon qilinmoqda. Shuningdek, markaz tomonidan 1-2-sinflarda Informatika va axborot texnologiyalari fanini o‘qitish bo‘yicha o‘qituvchilar malakasini oshirish uchun 18 soatlik kurs va o‘quv-metodik resurslar ishlab chiqildi.  

Pedagoglar uchun o‘zida zamonaviy pedagogik va raqamli texnologiyalarning imkoniyatlarini jamlagan “Innovatsion ta’lim texnologiyalari va vositalari” nomli o‘quv-metodik qo‘llanma yaratildi. Platformadagi fizika faniga oid 615 ta virtual laboratoriya, topshiriq, vosita va ta’lim o‘yinlari o‘zbek tiliga tarjima qilish orqali mahalliylashtirildi.  

Formativ baholash jarayonini tashkil etish talablari aks etgan “4K ko‘nikmalarini baholash rubrikalari” nomli o‘quv-uslubiy qo‘llanma nashr etildi. Baholash nazariyasi va amaliyotiga doir “Ta’limda baholash va monitoring asoslari” qo‘llanmasi tayyorlandi. 14 ta vazirlik, idora va ilmiy tadqiqot muassasalari hamda YUNISEF xalqaro tashkiloti tavsiya va takliflaridan kelib chiqib, xalqaro ta’lim atamalari asosida “Uzluksiz ta’lim tizimining izohli lug‘ati” loyihasi ishlab chiqildi.  

Muhayyo Toshqorayeva,  

O‘zA