Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Uzluksiz 30 soat parvoz qiladigan dron yaratildi
15:40 / 2025-04-14

Xitoyning AVIC korporatsiyasi vazni 50 kilogrammga yetadigan yangi dron havoda uzluksiz parvoz qilish davomiyligi bo‘yicha rekord o‘rnatganini malum qildi.

Dron AVIC ʼning bir qismi hisoblangan Chengdu Aircraft Industrial Group Co korxonasi hamda Sinxua universiteti hamkorligida yaratilgan.

AVIC bayonotiga ko‘ra, apparat boshqa bir uchuvchisiz uchish qurilmasi yordamida uchirilgan. Avtomobilga o‘xshash masofadan turib boshqariluvchi platforma vodorod dronning tezligini oshirib berishga xizmat qilgan. Rekord o‘rnatgan apparatning o‘z shassisi mavjud emas.

Kichik o‘lchamli dronlarda qo‘llanadigan an’anaviy litiylik batareyalar bilan taqqoslaganda vodorod energiya elementlari qator afzalliklarga ega. Ular energiyaning yuqori zichligini ta’minlaydi, uzoq muddat xizmat qiladi va harbiy maqsadlarda qo‘llashda muhim ahamiyat kasb etadigan kam issiqlik izi qoldiradi. 30 soatga qadar uzluksiz parvoz qilish orqali dron fuqarolik va harbiy maqsadlarga mo‘ljallangan ko‘plab vaziyatlarni uddalay oladi.

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/dFhWzxF2yjc" title="Uzluksiz 30 soat parvoz qiladigan dron yaratildi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Madinabonu Nasriyeva, Ulug‘bek To‘xtayev (video), O‘zA