“UzChessKids” shaxmat musobaqasi harbiy okrugda o‘tkazildi
FOTOREPORTAJ
“Kreativ ta’til” loyihasi doirasida Yoshlar ishlari agentligi Samarqand viloyati boshqarmasi va viloyat shaxmat federatsiyasi hamkorligidagi “UzChessKids” shaxmat musobaqasi Markaziy harbiy okrug tarix muzeyida o‘tkazildi.
Musobaqada ishtirok etgan 7 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan o‘quvchi yoshlar dastlab muzey eksponatlari bilan tanishtirildi. O‘quvchilar Amir Temur, Jaloliddin Manguberdi kabi ulug‘ ajdodlarimizning harbiy yurishlari, o‘sha davr qurol-aslahalari, qo‘shin turlari, shuningdek, ilm-ma’rifat sohasida amalga oshirgan ulkan ishlari haqida ko‘plab qiziqarli ma’lumotlarga ega bo‘ldi.
[gallery-21196]
Qiziqarli bellashuvlarga boy bo‘lgan musobaqa g‘oliblari diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Alisher ISROILOV (surat), O‘zA