French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Uzchess Cup-2024” turniri g‘olib va sovrindorlari nomi ma’lum bo‘ldi
21:02 / 2024-06-14

FOTOREPORTAJ

Poytaxtimizda mukofot jamg‘armasi 166 ming AQSH dollarini tashkil etgan  “Uzchess Cup-2024” turniri nihoyasiga yetdi.

Bugun Yoshlar ishlari agentligi binosida xalqaro turnir g‘olib va sovrindorlari e’lon qilindi. Unga ko‘ra:

“Masters” guruhida Nodirbek Yoqubboyev 5,5 ochko to‘plab, g‘oliblik shohsupasining eng yuqori pog‘onasidan o‘rin egalladi. Keyingi o‘rinlar Nodirbek Abdusattorov (5,5 ochko) va Yu Yang Yi (5 ochko, Xitoy)ga nasib etdi.

[gallery-17866]

“Challengers” guruhida 9 imkoniyatdan 6,5 ochko to‘plagan iqtidorli shaxmatchimiz Shamsiddin Vohidov g‘olib bo‘ldi. Keyingi o‘rinlarga serbiyalik Aleksandr Predke (6 ochko) hamda norvegiyalik Yevgeniy Romanov (5 ochko) munosib ko‘rildi.

“Futures” guruhi g‘olibi shvetsiyalik Vitaliy Sivuk (6 ochko), deb topildi. Eronlik Bardiya Daneshvar ham yakunda 6 ochko to‘pladi. Unga 2-o‘rin nasib etdi. Yana bir mahoratli shaxmatchimiz Saidakbar Saydaliyev 5,5 ochko bilan 3-o‘rinni egalladi.

“Uzchess Cup-2024” turnirini g‘olib va sovrindorlari ta’sischilar tomonidan pul mukofotlari bilan taqdirlandi.

Muhammad AMIN (surat), O‘zA