Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
UzCharmExpo – 2022 – Xalqaro ko‘rgazma-yarmarka o‘z faoliyatini boshladi
10:16 / 2022-10-13

Poytaxtimizdagi "O‘zekspomarkaz" milliy ko‘rgazma markazida UzCharmExpo – 2022 poyabzal va charm-galantereyasi, mo‘yna, jun va mahalliylashtirilgan mahsulotlar ko‘rgazmasi ish boshladi.

Ko‘rgazma O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi ko‘magida "O‘zcharmsanoat" uyushmasi tomonidan tashkil etildi.

Tadbirning ochilishida sanoat korxonalari tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning yuqori sifati, shuningdek, mamlakatda investorlarning qulay ish yuritishi, ishlab chiqarish faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va mahsulotlarni OTOM, MDH, Yevropa Ittifoqi, Buyuk Britaniya va boshqa bozorlarga eksport qilish uchun yaratilgan sharoitlar qayd etildi. Bu yilgi ko‘rgazma ishtirokchilarining soni har doimgidan ko‘p. Ko‘rgazma doirasidagi biznes dastur, qiziqarli taqdimotlar hamda  B2B va G2B muzokaralari, investitsiyalarni jalb qilish va eksport salohiyatini oshirishga xizmat qiladi. Bu ko‘rgazma tadbirkor va ishbilarmonlarga o‘zaro manfaatli shartnomalar va bitimlar tuzishda katta platforma bo‘ladi.

Ma’lumot o‘rnida aytish kerak, UzCharmExpo – 2022 – bu O‘rta Osiyodagi charm-poyabzal hamda mo‘yna va jun sanoatining eng yirik ixtisoslashtirilgan ko‘rgazmasi hisoblanadi. Bu yil o‘z stendlari bilan unda 450 dan ortiq mahalliy va 20 ga yaqin xorijiy kompaniyalar ishtirok etmoqda. Ko‘rgazmaga tashrif buyuruvchilar sifatida Buyuk Britaniya, Italiya, Germaniya, Hindiston, Turkiya, Ispaniya, Vengriya, Latviya, Rossiya, Belarus, Polsha va boshqa mamlakatlarning 1500 ga yaqin mahalliy va xorijiy kompaniyalari vakillari ro‘yxatdan o‘tgan. Faxriy mehmonlar orasida Xalqaro charmchilar Kengashi, Xalqaro mo‘yna federatsiyasi, bir qator davlatlarning milliy uyushmalari, charm, poyabzal va mo‘ynali mahsulotlar ishlab chiqaruvchilari kengashlari hamda uyushmalari vakillari ham bor.

Ko‘rgazma doirasida eksport hajmlarini oshirish, xalqaro sifat sertifikatlarini joriy etish va kadrlar tayyorlash sohalarida turli mamlakatlar bilan hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha mustahkam hujjatlar to‘plami imzolanishi kutilmoqda.

O‘zA