UZCARD tizimida nosozliklar yuzasidan izoh berildi
Barchaga ma’lum, bugun UZCARD tizimida nosozlik yuzaga kelgani bois, ko‘pchilik foydalanuvchilar UZCARD tizimidagi nosozliklar haqida shikoyat qilmoqda.
Bu holatga UZCARD kompaniyasi Matbuot xizmati kuydagicha izoh berdi.
Yagona Respublika protsessing markazi UZCARD ishidagi nosozliklarni profilaktika ishlarini olib borish bilan bog‘ladi.
Xabarda qayd etilishicha, yagona umumrespublika protsessing markazi, 2024 yil 22 yanvar kuni soat 00:30 dan 10:00 gacha texnik va profilaktik ishlar olib borilishi sababli ATM, E-POS, POS-terminallarda aloqa ulanishida qisqa muddatli uzilishlar, UZCARD infratuzilmasida xalqaro to‘lov tizimlari kartalariga hamda xorijda kobeyj kartalariga xizmat ko‘rsatilishida uzilishlar ehtimoli haqida ma’lum qiladi. Vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so‘ralgan.
Sh.Mamaturopova,
O‘zA