Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
UZCARD POS-terminallarni nazorat qilish boʻyicha yangi platformani joriy etadi
19:03 / 2018-10-16

Yagona umumrespublika protsessing markazi (YAUPM) POS-terminallarni boshqarish va monitoring qilish uchun texnik ishlanmalar ishlab chiqish va joriy etishga ixtisoslashgan ASHBURN International kompaniyasi oʻrtasida uzoq muddatli qoʻshma bitim imzolandi.

Yagona umumrespublika protsessing markazi (YAUPM) POS-terminallarni boshqarish va monitoring qilish uchun texnik ishlanmalar ishlab chiqish va joriy etishga ixtisoslashgan ASHBURN International kompaniyasi oʻrtasida uzoq muddatli qoʻshma bitim imzolandi.

Kamida 10 yil amal qiladigan mazkur bitim doirasida ASHBURN International kompaniyasi mamlakatimizga ushbu kompaniya tomonidan mahalliy bozor uchun moʻljallangan TransLink.iQ. maxsus dasturiy taʼminotini taqdim etadi. Turli ishlab chiqaruvchilar POS-terminallarining bir-biriga mos kelishi, biznes xarajatlarni optimallashtirish, dasturiy taʼminotni yangilash, real vaqt rejimida monitoring qilish, POS-terminallar tarmogʻini masofaviy boshqarish imkoniyatlarining mavjudligi yangi platformaning afzalliklaridan hisoblanadi. TransLink.iQ. platformasi kriptografik kalitlarni boshqarishni avtomatlashtirish, ekvayring tarmoqlarida yuz berishi mumkin boʻlgan uzilishlarni qayd etish va ularga javob qaytarish imkonini beradi. Platforma xalqaro toʻlov tizimlari, yuqori darajali xavfsizlik standartlariga muvofiq ishlab chiqilgan va shu bois karta egalari shaxsiy maʼlumotlarining ishonchli himoyasini kafolatlaydi. Yagona umumrespublika protsessing markazi bir necha yil davomida har yili TransLink.iQ. platformasiga Oʻzbekiston boʻyicha 50 mingdan ortiq POS-terminallar ulashni rejalashtirmoqda.

Shuningdek, bitim doirasida yangi toʻlov terminallari va Yagona umumrespublika protsessing markazining mamlakatimizdagi 28 banklariga tegishli boʻlgan POS-terminallar uchun 250 mingdan ortiq litsenziya sotish koʻzda tutilgan.