French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
UZCARD AWARD: O‘zbekiston fintex sohasida yilning asosiy yakunlari
20:00 / 2025-12-22

19 dekabr kuni Toshkent shahrida, Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatrida UZCARD AWARD 2025 tantanali marosimi bo‘lib o‘tdi. Mazkur professional mukofot O‘zbekiston to‘lov bozorining yetakchi ishtirokchilarining yutuqlarini e’tirof etishga bag‘ishlandi. Tadbir mamlakatda naqdsiz hisob-kitoblar va raqamli moliyaviy infratuzilmani rivojlantirishga munosib hissa qo‘shgan bank sektori va fintex kompaniyalari vakillarini birlashtirdi.

UZCARD AWARD yil yakunlarini sarhisob qilish hamda to‘lov ekotizimida yuz berayotgan muhim transformatsiyalarni aks ettiruvchi sohaviy platforma hisoblanadi. Mukofot alohida mahsulot va loyihalargina emas, balki O‘zbekistonda zamonaviy naqdsiz to‘lovlar bozorini shakllantirayotgan tizimli o‘zgarishlarga ham alohida e’tibor qaratadi.

Marosim doirasida to‘lov ekotizimining turli segmentlarini qamrab olgan bir nechta mukofotlash bloklari taqdim etildi. 2025 yilda UZCARD AWARD nominatsiyalari sohaning ustuvor rivojlanish yo‘nalishlarini aks ettirdi. Jumladan: ATM va POS-ekvayringni modernizatsiya qilish, to‘lov infratuzilmasini rivojlantirish, raqamli va texnologik yechimlarni joriy etish, karta mahsulotlarini rivojlantirish, shu jumladan SHERDOR premium kartalari, fintex sohasi uchun kadrlar tayyorlashga qo‘shilgan hissa, shuningdek, transchegaraviy o‘tkazmalar va tizimlararo integratsiya yechimlarini o‘z ichiga olgan holda naqdsiz xizmatlarning qulayligi, ishonchliligi va sifatini oshirishga qaratilgan loyihalar.

Barqaror natijalarni namoyish etgan, mijozlarga xizmat ko‘rsatishning yuqori darajasini ta’minlagan va to‘lov yechimlarini rivojlantirishda tizimli yondashuvni qo‘llagan bozor ishtirokchilari mukofotlarga sazovor bo‘ldilar. Shuningdek, raqamli servislarni kengaytirishga, mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirishga, jumladan Qirg‘izistonning Elkart milliy to‘lov tizimi bilan hamkorlikka, hamda to‘lov ekotizimini mustahkamlashga xizmat qiluvchi tashabbuslarga alohida e’tibor qaratildi.

David Melikidze, UCMG bosh direktori:

«UZCARDAWARD — bu yil yakunlarini chiqarish va mamlakat to‘lov infratuzilmasini birgalikda rivojlantirayotgan hamkorlarimizga minnatdorlik bildirishdir. Biz bank hamjamiyati va to‘lov tashkilotlarining foydalanuvchilar uchun xizmatlarni rivojlantirishga qo‘shgan hissasini yuqori baholaymiz. Kelgusi yilda hamkorlik formatini kengaytirib, xalqaro hamkorlar va soha ekspertlari ishtirokida Xalqaro UZCARD forumini o‘tkazishni rejalashtirmoqdamiz».

UZCARD AWARD bozor ishtirokchilarini texnologik rivojlanish, hamkorlikka ochiqlik va foydalanuvchiga yo‘naltirilganlik kabi umumiy qadriyatlar atrofida birlashtiruvchi professional platforma vazifasini bajaradi. Mukofot natijalari nafaqat alohida kompaniyalarning muvaffaqiyatlarini, balki O‘zbekiston to‘lov tizimining umumiy evolyutsiya yo‘nalishini ham aks ettiradi.