Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
«Uzbekistan Judo Tour» to‘rtta vaznda kuchlilarni aniqladi
22:52 / 2025-12-23

Dzyudo bo‘yicha 2025 yil sport taqvimidagi so‘nggi musobaqa hisoblangan «Uzbekistan Judo Tour» turnirining Toshkent shahar bosqichi o‘z yakuniga yetdi.

Mukofot jamg‘armasi 200 million so‘mni tashkil etgan musobaqa poytaxtimizning “Olimpiya shaharchasi”da joylashgan yakkakurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan arenasida bo‘lib o‘tdi.

Qizg‘in va murosasiz bellashuvlar yakunida to‘rtta vazn toifasida g‘oliblar aniqlandi.

Jumladan, Anvarjon Ibrohimov, Nizomiddinxo‘ja Toshpo‘latov, Amir-Said Djeyliyev va Irisxon Qurbonboyeva o‘z vaznlarida oltin medalga sazovor bo‘ldi.

Umumjamoa hisobida Toshkent viloyati terma jamoasi 1 ta oltin, 1 ta kumush va 1 ta bronza medali bilan birinchi o‘rinni egalladi. Buxoro viloyati jamoasi 1 ta oltin va 1 ta kumush medali bilan ikkinchi o‘rindan joy olgan bo‘lsa, Xorazm viloyati dzyudochilari 1 ta oltin va 1 ta bronza medali bilan kuchli uchlikni yakunladi.

G‘olib va sovrindorlarni taqdirlash marosimida O‘zbekiston Respublikasi sport vaziri Adham Ikromov, Milliy olimpiya qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Otabek Umarov, MOQ Bosh kotibi Oybek Qosimov, sport vaziri o‘rinbosarlari Shahrillo Mahmudov va Avaz Karimov, Toshkent shahri hokimi Shavkat Umurzoqov hamda O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi raisi Azizjon Kamilov ishtirok etdi.

Ta’kidlash joizki, «Uzbekistan Judo Tour» musobaqasi yurtimizdagi iqtidorli va istiqbolli dzyudochilarni kashf etishda muhim ahamiyat kasb etdi.

«Uzbekistan Judo Tour» musobaqasi g‘olib va sovrindorlari:

-66 kg. vazn toifasi:

Oltin medal: Anvarjon Ibrohimov (Buxoro)

Kumush medal: Muhriddin Tilovov (Qashqadaryo)

Bronza medal: Artyom Shturbabin (Toshkent viloyati)

Bronza medal: Muhammad Ergashev (Toshkent shahri).

-73 kg. vazn toifasi:

Oltin medal: Nizomiddinxo‘ja Toshpo‘latov (Surxondaryo)  

Kumush medal: Zamaxshariy Bekmurodov (Buxoro)

Bronza medal: Inoyat Telmanov (Toshkent shahri)  

Bronza medal: Dilshodbek Baratov (Surxondaryo).

+90 kg vazn toifasi:

Oltin medal: Amir-Said Djeyliyev (Toshkent viloyati)  

Kumush medal: Muhammadali Tangriyev (Toshkent viloyati)  

Bronza medal: Fazliddin Rafiqov (Toshkent shahri)  

Bronza medal: Ja’far Naimov (Toshkent shahri).

+70 kg.vazn toifasi (ayollar):

Oltin medal: Irisxon Qurbonboyeva (Xorazm)  

Kumush medal: Zarina Bobonazarova (Toshkent shahri)  

Bronza medal: Fotima Kuranboyeva (Xorazm), Sevinch Mahmudjonova (Sirdaryo)

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA