Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Uzbekistan Judo Tour” musobaqasida g‘oliblar nomi aniq bo‘ldi
09:28 / 2026-02-16

Farg‘ona shahridagi “Samo” sport majmuasida dzyudo bo‘yicha “Uzbekistan Judo Tour” turniri o‘tkazildi. Unda yurtimizning turli hududlaridan tashrif buyurgan 150 nafardan ziyod polvon ishtirok etdi.

Sovrin jamg‘armasi 200 million so‘mni tashkil etgan musobaqada erkaklar -66, -81, -90 kg, ayollar esa +70 kg. vazn toifalarida o‘zaro raqobatlashdi. Murosasiz bahslar ostida o‘tgan musobaqa natijalariga ko‘ra, Mirzohid Mahammadjonov (-66 kg), Bobur Yangiboyev (-81 kg), Nurbek Murtazoyev (-90 kg) hamda Muxlisa Qodirberganova (+70 kg) o‘z vazn toifalarida oltin medalga sazovor bo‘ldi.

Shu tariqa, musobaqada birinchi o‘rindan joy olgan dzyudochilar 22 million so‘m mukofot puli, diplom, medal, esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.  

Turnir hududlarda dzyudoni yanada ommalashtirish, yosh iste’dodlarni kashf etish va sportchilar o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini mustahkamlashga xizmat qildi.

Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA