Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Uzbekistan Judo Tour” musobaqasi yuqori saviyada o‘tdi
08:23 / 2025-09-28

Surxondaryo viloyat Yakkakurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabida “Uzbekistan Judo Tour” turniri keskin va murosasiz bellashuvlarga boy o‘tdi.

Nufuzli musobaqada erkak dzyudochilar -66,-81, +90, qizlar esa +70 kg vazn toifalarida o‘zaro raqobatlashdi. Mazkur vazndagi bellashuvlarda Bobur Vadjiyev, Alimardon Abdulahatov, Muhammadali Tangriyev va Shoxista Nazarova g‘olib bo‘ldi.

Shu tariqa, medallar jamg‘arish bo‘yicha Surxondaryo viloyati jamoasi birinchi o‘rinni egalladi. Musobaqa mezbonlari 2 ta oltin, 1 ta kumush 3 ta bronza medaliga ega chiqdi. Toshkent shahri jamoasi 2 ta oltin, 1 ta bronza bilan ikkinchi, Tokshent viloyati esa 1 ta kumush va 2 ta bronzani qo‘lga kiritib, uchinchi o‘rindan joy oldi.

Ma’lumot o‘rnida: o‘z vazn toifalarida chempion bo‘lgan dzyudochilar 22, kumush medal sohiblari 14, bronza medali sovrindorlari 7 million so‘m pul mukofoti bilan taqdirlandi.  

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA