English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Uzbekistan GTL” zavodida xavfsizlik va samaradorlik yuqori baholandi
10:29 / 2025-02-03

Kuni kecha Favqulodda vaziyatlar vazirligi huzuridagi O‘ta muhim va toifalangan ob’ektlarda yong‘in xavfsizligini ta’minlashni tashkil etish boshqarmasi mutaxassislari “O‘zbekneftgaz” AJ tarkibidagi “Uzbekistan GTL” zavodida bo‘lib, korxonada xavfsizlikni ta’minlash va yong‘in xavfsizligi tizimi bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif davomida mutaxassislarga ekologik toza sintetik yoqilg‘i mahsulotlarining ishlab chiqarish jarayonlari, zamonaviy texnologiyalar va xavfsizlik choralari haqida batafsil ma’lumot berildi.  

Zavodda yong‘in xavfsizligi tizimi, yoqilg‘i mahsulotlarini saqlash va iste’molchilarga yetkazib berish jarayonlari yuqori standartlar asosida tashkil etilgani ta’kidlandi.  

Shuningdek, ob’ektda yong‘inlarning oldini olish va noxush holatlar yuzaga kelmasligi uchun samarali chora-tadbirlar joriy etilgani qayd etildi.  

Jamiyat axborot xizmatining xabar berishicha, mutaxassislar zavodda qo‘llanilayotgan ilg‘or yondashuvlar, xavfsizlikni ta’minlash va ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni yuqori baholashdi. Ularning so‘zlariga ko‘ra, “Uzbekistan GTL” nafaqat zamonaviy ishlab chiqarish quvvati, balki xavfsizlik standartlari bo‘yicha ham respublikadagi yetakchi korxonalardan biri hisoblanadi.  

N.Ziyodullayeva tayyorladi,

O‘zA