Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Uzbekistan GTL” zavodi xalqaro ko‘rik-tanlovda ishtirok etadi
11:47 / 2024-10-16

Bu haqda “O‘zbekneftgaz“ aksiyadorlik jamiyati axborot xizmati ma’lum qildi. Unga ko‘ra, ushbu zavod bu imkoniyatni O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan o‘tkazilgan ko‘rik-tanlovning respublika bosqichida faxrli birinchi o‘rinni egallagani sababli qo‘lga kiritdi.

Ta’kidlash kerakki, joriy yilning avgust-noyabr oylarida Markaziy Osiyo mamlakatlari kasaba uyushmalari kengashi tashabbusi bilan mulkchilik shaklidan qat’iy nazar barcha korxona, tashkilot va muassasalar o‘rtasida “Eng yaxshi ijtimoiy sherik” xalqaro ko‘rik-tanlovi o‘tkazilmoqda.

Mazkur xalqaro tanlovning yakuniy bosqichi noyabr oyida Tojikiston Respublikasida bo‘lib o‘tadi.

Unda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi nomidan “Uzbekistan GTL” MCHJning boshlang‘ich kasaba uyushma tashkiloti ishtirok etadi.

Mazkur tanlov ish beruvchi va kasaba uyushma qo‘mitasi o‘rtasida ijtimoiy sherikchilikni yanada mustahkamlash va jamoa shartnomasi orqali barcha ishchi-xodimlarni har tomonlama ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy qo‘llab-quvvatlash ishlari ko‘lamini yanada kengaytirishga xizmat qiladi.

N.Ziyodullayeva tayyorladi, O‘zA