Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Uzbekistan GTL” zavodi ishga tushirildi, yana bir korxonaga tamal toshi qo‘yildi
22:22 / 2021-12-27

Ushbu zavod mamlakatimizda va umuman mintaqamizda neft-gaz-kimyo sanoati sohasidagi eng yirik korxonadir. Majmuada, 307 ming tonna aviakerosin, 724 ming tonna dizel yoqilg‘isi, 437 ming tonna nafta, 53 ming tonna suyultirilgan gaz tayyorlanadi. Ushbu mahsulotlar hisobiga, yiliga 500 million dollarlik import o‘rni qoplanadi, 200 million dollarlik eksport va 2 trillion so‘mlik soliq tushumlari ta’minlanadi.

Zavod ishga tushganidan keyin jami 1 ming 300 ta mutaxassis yuqori daromadli, doimiy ish o‘rniga ega bo‘ladi. Marosim doirasida yana bir korxona - Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasining ishlab chiqarish quvvatini 3 barobarga kengaytirish bo‘yicha loyiha qurilishiga ham start berildi. Bu loyihaning qiymati 1 milliard 800 million dollar bo‘lib, Uzbekistan GTL zavodi yonida quriladi. Unda 430 ming tonna naftani qayta ishlash hisobiga yiliga 280 ming tonna polietilen va 100 ming tonna polipropilen tayyorlanadi. Yana mingga yaqin ish o‘rni ochiladi. 

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/oJh92NF0_Ko" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture" allowfullscreen></iframe>

Kenjabek Bekjonov Nishonboy Abduvoitov (video), O‘zA