“Uzbekistan Green Zone” milliy loyihasi amalga oshiriladi
O‘zbekiston va Finlyandiya o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalar izchil rivojlanib, yangi hamkorlik yo‘nalishlari yo‘lga qo‘yilmoqda.
Ayniqsa, bu jarayonda ekologik barqaror sanoatni rivojlantirish va chiqindilarni qayta ishlash sohasidagi hamkorlik istiqbolli yo‘nalishlardan biri hisoblanadi.
Shunga asosan yaqinda Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi hamda Finlyandiyaning “EPSE Oy” va “EPSE Technology” kompaniyalari o‘rtasida hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha anglashuv memorandumi imzolandi.
Mazkur hujjatga ko‘ra, sanoat chiqindilarini qayta ishlash, ulardan foydali komponentlarni ajratib olish va ekologik xavfsiz texnologiyalarni joriy etishga qaratilgan “Uzbekistan Green Zone” milliy loyihasi amalga oshiriladi.
Vazirlik axborot xizmatiga ko‘ra, loyihaning dastlabki qiymati 35 million AQSH dollarini tashkil etadi.
N.Ziyodullayeva,
O‘zA