French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Uzbekistan Global Tour final”da chavandozlar saralandi
09:45 / 2025-12-25

Poytaxtimizdagi “Universal Horses Stable” sport majmuasida “Uzbekistan Global Tour final” musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Musobaqa doirasida turli marshrut va toifalar bo‘yicha bellashuvlar tashkil etildi.

Musobaqa yakunlariga ko‘ra, “A” guruhida Dilshod Shokirov “Alonso 43” laqabli tulporida oltin medalga sazovor bo‘lgan bo‘lsa, “B” guruhida Firdavsbek Davronbekov “Vailant II” nomli otida birinchi o‘rindan joy oldi. O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi raisi Bahromjon G‘oziyev “D” guruhida “Lady” ismli otida barcha raqiblarini orta qoldirdi.

Quyida “Uzbekistan Global Tour final” turnirining qolgan guruhlaridagi g‘olib va sovrindorlari bilan tanishasiz:

“C” guruhi (bolalar):

1-o‘rin — Shukurov Said — “Leffe”;

2-o‘rin — Yuldashev Muhammad Yusuf — “Yangtsi”;

3-o‘rin — Ubaydullayeva Aziza — “Leffe”.

“E” guruhi (ochiq klass):

1-o‘rin — Pastuxova Anjelina — “Irving”;

2-o‘rin — Erkinov Alisher — “Golden Star”;

3-o‘rin — Raimjonov Muhammaddiyor — “Javita”.

“F” guruhi:”.

1-o‘rin — Talibayev Azam — “Izabella;

2-o‘rin — Urunboyev Javohir — “Sapfir”;

3-o‘rin — Erkinov Alisher — “Kalani DVD Z”.

Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA