Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Uzbekistan Global Tour 7”da iqtidorli chavandozlar saralandi
12:19 / 2025-12-18

Poytaxtimizdagi “Universal Horses Stable” sport majmuasida ot sporti bo‘yicha “Uzbekistan Global Tour 7” bosqichi musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Musobaqa doirasida turli toifalar bo‘yicha bellashuvlar tashkil etildi.

Musobaqaning “A” toifasida Bekzod Ro‘zimuhammadov 140 sm. to‘siqlardan ot sakratishda oltin medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, “D” tasnifida 125 sm. balandlikdagi to‘siqlarda Dilshod Shokirov g‘olib bo‘ldi. Shuningdek, “B” guruhida (115 sm) Abdushukur Sobirjonov chempionga aylandi.

14-10 yoshli chavandozlar o‘rtasida Muhammad Yusuf Yo‘ldoshev, Muhammaddiyor Raimjonov, Mumtozabegim Hakimova hamda Bekzod Ergashboyev o‘z guruhlarida shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy oldi.

Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA