Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
«Uzbekistan global tour-2024» musobaqasining 2-bosqichidan fotoreportaj
13:27 / 2024-03-31

Kecha poytaxtimizdagi «Universal Horses Stable» ot sporti klubida «Uzbekistan global tour-2024» musobaqasining to‘siqlardan sakrab o‘tish turi bo‘yicha 2-bosqich bellashuvlari bo‘lib o‘tdi.

Musobaqaning ochilish marosimida Yilqichilik va ot sporti federatsiyasi raisi Bahromjon Gaziyev tur bellashuvlari 10 ta tur davom etishini yig‘ilganlarga ma’lum qildi. Shuningdek, chavandozlarni yana bir musobaqa – mamlakat chempionati bahslari kutib turganini ta’kidladi. So‘ngra Jahon kubogining saralash bahslari ham muhim sinovlardan ekanligi qayd etildi. 

[gallery-16692]

Keskin va murosasiz o‘tgan bellashuvlarda Umar Dadayev, Alisher Erkinov, E’zoza Umarxo‘jayeva, Nazar Logvinenko, Behzod Ergashboyev  mahoratini namoyon etib, o‘z yo‘nalishida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

 G‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan ta’sis etilgan diplom, medal hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

 

Muhammad AMIN(surat),O‘zA