French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Uzbekistan Global Tour-2023” turnirining 10-bosqich g‘oliblari aniqlandi
22:49 / 2023-12-10

Poytaxtimizdagi “Universal Horses Stable” majmuasida ot sportining konkur yo‘nalishi bo‘yicha “Uzbekistan Global Tour-2023” turnirining 10-bosqichi o‘tkazildi.

O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi tashabbusi bilan o‘tkazilgan mazkur musobaqada federatsiya raisi Bahromjon Gaziyev “La Blu Ruj” laqabli tulporida 135 sm. balandlikdagi to‘siqlardan sakrash dasturida birinchi o‘rinni egalladi.  

Shuningdek, musobaqada E’zoza Umarxo‘jayeva “Solist”, Dilshod Mamadaliyev “Govenor”, Dilshod Shokirov “Kaskat", Alisher Erkinov “Etos”, A’zam Tolibboyev “Bozart De Ruyet” laqabli oti bilan o‘z toifalarida g‘alaba qozondi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA