O‘zbekiston milliy bog‘ida vazirlik, yuqori turuvchi respublika tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan xodimlar o‘rtasida etnosport turlari bo‘yicha “Uzbekistan Ethno Games” respublika festivali o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 25 maydagi “Etnosport turlarini va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan mazkur festivalda kurash, kamondan otish, mas-restling, arqon tortish, tosh ko‘tarish va qarabtep (lanka) kabi sport turlari bo‘yicha 23 ta vazirlik va idoralardan kelgan 200 nafardan ortiq xodim ishtirok etdi.
[gallery-23415]
Festival davomida belbog‘li kurash, bahodirlar o‘yinlari va tosh ko‘tarish, O‘zbek jang san’ati, turon yakkakurashi va milliy xalq o‘yinlarining ko‘rgazmali chiqishlari hamda elimiz suygan san’atkorlarning milliy kuy va navolari ishtirokchilar va muxlislar qalbiga quvonch ulashdi.
Do‘stona ruhda o‘tgan musobaqa g‘olib va sovrindorlari tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandi.
Javohir Toshxo‘jayev,
Nosir Haydarov (surat)
O‘zA