“Uzbekistan Airways” Toshkent va Buxorodan Zominga parvozlarni amalga oshiradi
“Uzbekistan Airways” tomonidan joriy yil 15 sentyabrdan Toshkent va Buxorodan Zominga parvozlar haftasiga 5 marta, dushanba, seshanba, chorshanba, juma va yakshanba kunlari quyidagi jadvalga muvofiq amalga oshiriladi:
Toshkentdan jo‘nab ketish 09:30, Zominga yetib kelish 10:05
Zomindan jo‘nab ketish 10:35, Buxoroga yetib kelish 12:05
Buxorodan jo‘nab ketish 13:05, Zominga yetib kelish 14:35
Zomindan jo‘nab ketish 15:05, Toshkentga yetib kelish 15:40.
“Uzbekistan Airways” matbuot xizmatiga ko‘ra, Zomin - Buxoro yo‘nalishi bo‘yicha aviachiptalar narxi 170 ming so‘mdan, Toshkent - Zomin yo‘nalishi bo‘yicha aviachiptalar narxi esa 105 ming so‘mdan boshlanadi.
Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA