Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Uzbekistan Airways” Surxondaryoda sayyor qabul tashkil etdi
17:21 / 2023-11-28

Termizda “Uzbekistan Airways” aksiyadorlik jamiyati aholining aviakompaniya faoliyati bilan bog‘liq muammolarini tezkor hal etish va fuqarolarga murojaat qilish uchun qo‘shimcha qulaylik yaratish maqsadida sayyor qabul o‘tkazdi.

Ochiq muloqotda “Uzbekistan Airways Sales” filiali direktori Vladimir Filipas, “Uzbekistan Airways Sales” filiali shartnomalar va agentlik tarmog‘ining kuzatuv bo‘limi boshlig‘i Ruslan Matyoqubov, marketing va tashuvlarni sotish departamenti marketining bo‘limi boshlig‘i Shuhrat Mirsaidov, yuk tashuvlari boshqarmasi boshlig‘i Sultonsaid Agzamxodjayevlar ishtirokchilarning taklif, tavsiya va murojaatlarini tingladi.

Keyingi yillarda mamlakatimizda aviakompaniya ishini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Prezidentimizning 2018 yil 27 noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining fuqaro aviatsiyasini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq boshqaruvning zamonaviy tizim va texnologiyalari joriy etilmoqda. Davlatimiz rahbarining 2021 yil 30 apreldagi “Fuqaro aviatsiyasi korxonalarini transformatsiya qilish va qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan xizmatlar diversifikatsiya qilinib, aholi uchun narx va sifat ommabopligini ta’minlash yuzasidan tegishli choralar ko‘rilayotir.Ayni paytda aviakompaniya dunyoning 70 dan ortiq davlatiga parvozlarni amalga oshirayapti.

Sayyor qabulda fuqarolar Termiz xalqaro aeroportidan Turkiyaning Istambul shahriga qatnovni yo‘lga qo‘yish, Termiz xalqaro aeroportidan sayyohlar uchun dunyoning boshqa davlatlariga ham qatnovni amalga oshirish, “Uzbekistan Airways” va uning quyi tizimlariga ishga joylashish, bort kuzatuvchisi bo‘lib ishlash uchun talab etiladigan mezonlar, Termiz xalqaro aeroportini kirib, tomosha qilish uchun fuqarolarga ruxsat berish, Sariosiyo aeroportini ishga tushirish, havo kemalarida yo‘lovchilarga ko‘rsatilayotgan xizmat sifatini oshirish kabi masalalarni o‘rtaga tashladi. 

Mutasaddilar aksariyat masalalarni joyida hal etib, murojaatchilarga tegishli tushuntirishlar berdi. Muddat talab etiladigan murojaatlar yuzasidan vaqt belgilanib, yechimi nazoratga olindi. 

O‘tkazilgan ochiq muloqot haqida alohida tahliliy material tayyorlanmoqda. Maqola bilan tanishish uchun saytimizni kuzatib boring.

Xolmo‘min Mamatrayimov, O‘zA muxbiri