Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Uzbekistan Airways” parkiga 24-Airbus A320neo qo‘shildi (+video)
09:41 / 2024-05-11

8-may kuni Toshkent shahri xalqaro aeroportining mahalliy havo qatnovi terminaliga “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining 24-Airbus A320neo havo kemasi kelib qo‘ndi. UK32029 raqami bilan ro‘yxatga olingan Airbus A320neo Tayvandan olib kelindi. Aeroport va aviakompaniya xodimlari, ommaviy axborot vositalari vakillari yangi havo kemasi va ekipajini suv arkasi bilan tantanali ravishda kutib olishdi.

Ikki toifali klassga ega – 8 biznes-klass va 162 ekonom-klass o‘rindiqli bortning o‘ziga xos xususiyati uchuvchilar kabinasi oynalari atrofidagi qora ramka. Havo kemasini bo‘yash uchun aviatsiya sanoatidagi eng yaxshi emallardan biri AKZO NOBLE BCC tanlangan. Qayd etish kerak, havo kemasi uzoq muddatli lizing asosida yetkazib berildi.  

Boshqaruv aviakompaniyaning tajribali uchuvchilari – parvoz otryadi sardori o‘rinbosari Yevgeniy Nagay va havo kemasi sardori Farhod Latipov tomonidan amalga oshirildi. Avialayner tez kunlarda o‘zining birinchi yo‘lovchilarini qabul qilib, muntazam va charter aviaqatnovlarini amalga oshirishni boshlaydi.  

– O‘zbekiston havo yo‘llari yangi havo kemalar olish va parvozlar geografiyasini kengaytirish, respublikaga xorijiy sayyohlar oqimini ko‘paytirish hamda fuqarolarimizga dunyo bo‘ylab sayohat qilish imkoniyatini oshirish bo‘yicha tuzilgan rejalarini muvaffaqiyatli amalga oshiryapti, – deydi kompaniya boshqaruvi raisi Shuxrat Xudoyqulov. – Aviakompaniyaning barcha avialaynerlari sifat, qulaylik, xavfsizlik bo‘yicha zamonaviy talablarga javob beradi, shuningdek, xalqaro maydondagi eng ishonchli aviatashuvchilardan biri sifatidagi maqomini mustahkamlaydi.  

Ma’lumot o‘rnida qayd etish joiz, Airbus A320neo – mashhur Airbus A320 laynerlarining yangi avlodi. “neo” qisqartmasi esa “New Engine Option” – yangi talqindagi dvigatelli degan ma’noni anglatadi.  

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/8hsEiNoNy78?si=R7W8xdKG2NkWQX6N" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Behruz Xudoyberdiyev,  

Doniyor Yakubov va Asliddin Alijonov (video),  

O‘zA