Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Uzbekistan Airways buyurtma ko‘lamini kengaytirmoqda
15:43 / 2025-11-07

Vashingtonda bo‘lib o‘tgan «C5+1» sammiti doirasida Uzbekistan Airways va Boeing aviakompaniyalari o‘rtasida 8 ta Boeing 787-9 Dreamliner  samolyotiga buyurtmani konvertatsiya qilish bo‘yicha shartnomani imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Hujjatni Uzbekistan Airways  aviakompaniyasi boshqaruvi raisi Shuhrat Xudoyqulov va Boeing aviakompaniyasining  savdo va marketing bo‘yicha vitse-prezidenti  Pol Rigi imzoladi.

O‘zbekiston aviatashuvchisi  jami 22 ta zamonaviy Boeing 787-9 Dreamliner  samolyotiga  buyurtma berdi. Yangi samolyotlar  xalqaro yo‘nalishlar tarmog‘ini kengaytirib, aviakompaniyaning jahon bozoridagi mavqeini mustahkamlashga  xizmat qiladi. 

Roman BONDARCHUK tayyorladi, O‘zA