French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi ikkinchi Airbus A321 havo kemasini qabul qildi
10:46 / 2022-03-09

“Toshkent” ayeroportining mahalliy aviayo‘nalishlar terminalida ikkinchi A321nyeo NX havo kemasini tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.

UK32103 ro‘yxatga olish raqamini olgan A321neo NX havo kemasi “Uzbekistan Airways” ekipaj a’zolari – Maksim Shulepin va Nagay Yevgeniy boshqaruvida olib kelindi. 

Mazkur samolyot Yevroosiyo qit’asi bo‘ylab deyarli to‘la yuk bilan parvozlarni amalga oshirishi mumkin. Masalan, O‘zbekiston poytaxtidan ancha uzoq bo‘lgan Toshkent – London, Toshkent – Seul, Toshkent – Kuala Lumpur kabi yo‘nalishlarda qatnovni amalga oshiradi. 

Samolyotning maksimal uchish vazni 97 tonnani tashkil etadi. Shuningdek, samolyot 23 ming kg tijorat yuklarini tashishi imkoniyati mavjud. Havo kemasi sahnida 188 yo‘lovchi o‘rindiqlari, ulardan biznes-klass – 16 va ekonom klassida 172 o‘rindiqqa yega. 

Shuni ham aytish joiz, aviakompaniya havo kemalari parkini unifikatsiyalash “ Uzbekistan Airways ” AJda transformatsiya jarayonlarini jadallashtirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”da belgilab berilgan. Aviakompaniya yangi yo‘nalishlarni ochishni, Yevropa va Osiyo mamlakatlariga avvalgi mashhur bo‘lgan yo‘nalishlarni qayta tiklashni rejalashtirmoqda. Havo parkini yangi A321nyeo LR havo kemalari bilan to‘ldirish esa ushbu muammolarni hal qilishda yordam beradi. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 14 fevral kuni “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi o‘zining aviaparkidagi birinchi Airbus A321 LR havo kemasini kutib oldi. “Uzbekistan Airways” parki hozirda 26 ta yo‘lovchi havo kemasiga, jumladan, 12 ta Airbus laynerlari (A320 – 9, A320neo – 3, A321LR – 2) ega. 

Tadbirda ommaviy axborot vositalari vakillari zamonaviy Airbus A321neo NX avialaynerining texnik xususiyatlari bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldi. 


Shahnoza Mamaturopova, O‘zA