Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
"Uzbekistan Airways" AJ 90 dan ziyod yo‘nalishga parvozlarni amalga oshirmoqda
13:49 / 2025-07-15

"Uzbekistan Airways" xalqaro avia hamkorlikni kengaytirish va yo‘lovchilar uchun qulaylikni oshirishga qaratilgan strategik yo‘nalishini izchil davom ettirmoqda.

Xususan, o‘tgan yillar davomida aviaparkka bir nechta zamonaviy,  kam yoqilg‘i sarfi, yuqori qulaylik va xavfsizlik texnologiyalari bilan jihozlangan samolyotlar keltirildi. CIP zallar va tezkor rasmiylashtirish xizmatlari tashkil qilindi. Onlayn chipta xaridi, elektron ro‘yxatdan o‘tish va mobil ilovalar orqali xizmat ko‘rsatish rivojlandi. Kompaniya xavfsizlik, aniqlik va xizmat ko‘rsatish sifati bo‘yicha bir qator mukofotlarga ega bo‘ldi.

Xo‘sh, bugungi kunda "Uzbekistan Airways" AJ tomonidan qaysi yo‘nalishlarga parvozlar yo‘lga qo‘yilgan?

"Uzbekistan Airways" AJ axborot xizmati rahbari Qizlarxon Begmatova tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, 90 dan ziyod yo‘nalishga parvozlarni amalga oshirayotgan kompaniya bugungi kunda Toshkentni Dehli, Mumbay va Goa shaharlari bilan bog‘ladi. "Air India" bilan hamkorlik natijasida esa Janubiy Osiyo bo‘ylab yanada keng marshrutlar taqdim etishni ko‘zlagan.

Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, "Air India" aviakompaniyasi bilan interline-shartnoma imzolandi. Bu kelishuv O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasidagi sayohatlar uchun yangi imkoniyatlarni ochib berdi. Endi Toshkentdan Hindistonning 30 dan ortiq shahriga — Bangalor, Haydarobod, Goa, Kochin kabi manzillarga — yagona chipta orqali uchish, yukni yakuniy manzilgacha rasmiylashtirish va barcha parvozlar uchun posadka talonlarini jo‘nab ketish aeroportida olish mumkin.

Endilikda Samarqand — Boku reysi ham yo‘lga qo‘yilgan. Ushbu hamkorlik ikki mamlakat — O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasida turizm va ishbilarmonlik aloqalarini mustahkamlash, Toshkent va Boku havo xablarining tranzit salohiyatini oshirishga xizmat qiladi.

"Uzbekistan Airways" an’anaviy ravishda Haj dasturi doirasida reyslarni amalga oshirishni ta’minlab kelmoqda. 2025 yilda ham ziyoratchilarni Saudiya Arabistoniga yetkazish va ortga qaytarish jarayonlari ikki bosqichda muvaffaqiyatli tashkil etildi. Barcha parvozlar belgilangan jadval asosida va tegishli va mas’ul xizmatlar bilan to‘liq hamkorlikda amalga oshirildi.

Yetkazish bosqichi joriy yil 13 maydan boshlanib, 28 maygacha davom etdi. Bu davrda Toshkent, Namangan, Nukus, Urganch, Qarshi, Termiz, Navoiy va Samarqand shaharlaridan Madina shahriga jami 26 ta reys amalga oshirildi.

Muhayyo Toshqorayeva,

O‘zA