Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Uzbekistan Airways” 100 minginchi yo‘lovchisini taqdirladi
20:51 / 2023-10-06

“Uzbekistan Airways” milliy aviakompaniyasi o‘zining omadli 100 minginchi yo‘lovchisini qutladi.

V.I.Sevastyanov nomidagi Sochi xalqaro aeroportida kompaniya vakillari Anastasiya Zaychukovskayaga sovg‘alar topshirdi.  

“Uzbekistan Airways” kompaniyasi 1992 yilda tashkil etilgan bo‘lib, bu O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasining yangi davrini boshlab berdi. O‘tgan vaqt mobaynida “Uzbekistan Airways” brendi butun dunyo bo‘ylab barqaror, xavfsiz va ishonchli aviatashuvchi sifatida shuhrat qozondi hamda tan olindi.    

Aviakompaniyaning faxrlansa arzigulik jihatlari talaygina. Zamonaviy qulay avialaynerlar muntazam ravishda Yevropa va Osiyoning 50 dan ortiq shaharlariga aviaparvozlar, Alyaskadan tortib Yangi Zelandiyagacha charter reyslarini amalga oshiradi.

Roman Bondarchuk tayyorladi, O‘zA.